Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

error

2025-06-09

Toshkent shahar Sergeli tumani "Xalqobod" mahalla fuqarolar yig‘inida Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘iga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda mahalla faollari, Yoshlar ishlari agentligi xodimlari hamda tegishli soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

📌Uchrashuv davomida yoshlarning turmush sharoiti, bandligi, ta’lim olishdagi muammolari, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sport va madaniyatga bo‘lgan qiziqishlari yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi. Shuningdek, ijtimoiy himoya, kasb-hunar o‘rganish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan yoshlar bilan ochiq muloqot olib borildi.

✅Yoshlarning murojaatlari joyida ko‘rib chiqildi va tegishli mutasaddi tashkilotlarga ijro uchun topshiriqlar berildi. Uchrashuv yakunida yoshlarga zaruriy huquqiy va amaliy maslahatlar berildi hamda ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

🔎Bugungi kunda aniqlangan masalalar bo‘yicha Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi mutasaddilari hamda tegishli mutaxassislar tomonidan manzilli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, ish bilan ta’minlanmagan yoshlarni mehnat yarmarkalari, kasbga yo‘naltirish kurslari va tadbirkorlik loyihalariga jalb etish ishlari boshlandi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar ro‘yxatga olinib, ular bilan individual ishlash choralari ko‘rilmoqda.