Yangiliklar
Yangiliklar
2025-06-05
Bektemir tumani hokimi N.Abduraxmanov “Rohat” mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida aholining muammolari, bandlik, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Hokim fuqarolarni tinglab, ularning ehtiyojidan kelib chiqib, har bir murojaat bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Uchrashuv doirasida “Mahalla yettiligi” a’zolari, mahalla faollari va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etib, muammolarning tezkor hal etilishi yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur tashabbus kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlarning yana bir namunasi bo‘ldi.
Toshkent shahar Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing