Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

"Karyera kuni" mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

error

2025-05-06

Toshkent shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Yunusobod tumani Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida sog‘liqni saqlash yo‘nalishi bo'yicha yarmarka o'tkazildi.

Mazkur tadbirda:

📌Tumanda faoliyat yuritayotgan 18 ta tibbiyot muassasalari o'zlarida mavjud  500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

Yarmarka davomida ishtirokchilar:

✔️ Sog‘liqni saqlash tizimidagi mavjud ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdilar;

✔️ Ish beruvchilar bilan yuzma-yuz muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar;

✔️ O‘zlariga mos ish joylariga ariza topshirish imkoniyatini oldilar.

Tadbirning asosiy maqsadi:

⭐️ Yoshlar va ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash;

⭐️ Ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.