Yangiliklar
Yangiliklar
2025-04-22
Internet tarmogida Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan 259-sonli umumtaʼlim maktabida sodir bulgan holat buyicha tarqalgan xabar yuzasidan amaldagi mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilikka muvofiq o‘rganish o‘tkazildi.
Jumladan, Internet tarmogida tarkalgan xabarga ko‘ra Yunusobod tumanida joylashgan 259-sonli umumtaʼlim maktabida 2 nafar xodimlarni ko‘chat ekayotganliklari to‘g‘risida fotosuratlar aks ettirilgan bo‘lib, maktab direktori X,.Sh.Qoyirov xodimlarni ko‘chat ekishga majburiy jalb etayotganligi maʼlum qilinib, maʼsullardan ushbu holatni o‘rganish suralgan.
Mazkur holat o‘rganilib, maktab direktori X,.Sh.Qoyirov, o‘qituvchilar B.A.Bobomurodov, A.R.Jonqulov, U.Yu.Ganiyevlar boshqarmaga belgilangan tartibda chaqirtirilib, ulardan tushuntirish xati olindi va holatga aniqlik kiritildi.