Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Mehnat_qonunchiligi_amalda

error

2025-04-25

To‘lanmagan oylik maoshlar undirildi, asossiz ishdan bo‘shatilgan xodim ishga tiklandi

Mehnat qilayotgan har bir inson mehnatiga yarasha ish haqini o‘z vaqtida va munosib ravishda olishi kerak, qonunlarni va tartiblarni buzmasdan ish faoliyatini olib borayotgan xodimni asossiz ravishda ishdan bo‘shatishga ham hech kimga vakolat berilmagan. Bu qoidalar davlatimizda amalda bo‘lgan mehnat qonunchiligi yo‘nalishidagi huquqiy hujjatlarda qatʼiy belgilangan.

Chilonzor tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Jamoliddin Jo‘rayev tomonidan bo‘limga kelayotgan murojaatlar ko‘rib chiqilib, murojaatchilarning muammolari qonun doirasida ijobiy hal etib kelinmoqda.

Shuningdek, bo‘limga murojaat qilib kelgan tumanimizda maʼmuriy idorasi joylashgan ayrim katta kompaniyalarning ishchi xodimlari bo‘lgan 130 nafar xorij fuqarolari va yurtdoshlarimizning o‘z vaqtida to‘lanmay kelayotgan maoshlari undirib berildi. Jumladan, 3 nafar Fillipin fuqarolariga ish beruvchi tomonidan to‘lanmay kelinayotgan jami 31 ming 300 AQSH dollari miqdoridagi oylik maoshlari hamda 1 nafar Rossiya fuqarosi D.Fedorovga ish beruvchi tomonidan to‘lanmay kelinayotgan 42 ming AQSH dollari miqdoridagi oylik maoshlari qonun doirasida undirib berildi.

Bundan tashqari, ish beruvchi tomonidan asossiz ishdan bo‘shatilgan xodim D. Alimovaga ham amaliy yordam ko‘rsatilib, ishga tiklandi.