Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Yashnobodda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

error

2025-03-04

Bugun, 4-mart kuni Yashnobod tumanida joylashgan Respublika kasbiy ko’nikmalar markazida bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Mazkur tadbirda tijorat banklari va Yashnobod,                   Mirzo Ulug'bek  va Bektemir tumanlaridan 30 ga yaqin korxona va tashkilotlar 400 ga yaqin bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etdi.

Tadbir aholi bandligi va daromadlarini oshirishga ko'maklashish, ishsiz fuqarolar ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.