Yangiliklar
Yangiliklar
2024-11-01
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi 931-sonli “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati hamda O‘zbekiston va jahon maydonlarida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar bilan hodimlarni tanishtirish maqsadida navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” tashkil etildi.
Mazkur ma’naviyat soatiga taniqli rejissor Hilol Nasimov mehmon sifatida tashrif buyurdi.
Tadbir Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D. Nuritdinov spikerligida olib borildi.
Tadbirda davlat organlari va tashkilotlarda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishning dolzarbligi, uning bir qancha milliy normativ hujjatlarda yo‘l qo‘yilmasligi bo‘yicha qoidalar bilan barcha hodimlar tanishtirildi.
Rejissor Hilol Nasimov ham bu borada o‘z fikrini bildirib, manfaatlar to‘qnashuvlarini oldini olishga xizmat qiluvchi videofilmlar ishlashni ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar, ularning samaradorligi, pirovardida aholi turmush tarzini yaxshilash, ularning bandligini ta’minlash borasidagi amaliy ishlar haqida hodimlar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.