Yangiliklar
Yangiliklar
2024-10-24
Kuni kecha Sergeli tumani hokimiyatida Sergeli, Yangihayot, Yakkasaroy, Chilonzor, Uchtepa tumanlari ishga muhtoj fuqarolarni tadbirkorlar bilan ishga joylashtirish masalasida uchrashuvlar boʻlib o'tdi.
Mazkur tadbirda Toshkent shahar hokimiligi, Toshkent shahar prokraturasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik Bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo'limlari ishtrok etdi.
Uchrashuvlarda ishtirok etgan roʻyxat asosidagi 368 nafar ishsiz fuqarolar xamda roʻyxatidan tashqari 35 nafar ishsiz fuqarolarning muammolari hal etilib bandlik xizmatlari koʻrsatildi, jumladan roʻyxat asosida 72 nafariga kasb-hunarga oʻqishga, 202 nafariga ishga joylashishga yoʻllanma berildi, 91 nafari oʻzini oʻzi band qilindi hamda 3 nafariga subsidiya ajratildi. Shu bilan birga, roʻyxatdan tashqari tashrif buyurgan 20 nafar fuqaroni ishga joylashtirildi, 5 nafari kasb xunarga yoʻnaltirildi, 10 nafari oʻzini oʻzi band qilindi.