Yangiliklar
Yangiliklar
2024-09-04
Holat yuzasidan Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi o‘rganish o‘tkazdi.
Aniqlanishicha, muassasa xodimlarining tashabbusi va ixtiyoriy roziligi bilan joriy yil 15-avgust kuni tashkilot maydonida obodonlashtirish ishlarini olib borilgan bo‘lib, majburiy mehnatga jalb qilinmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 5-moddasiga (https://lex.uz/docs/-6257288#-6257606) ko‘ra majburiy mehnat - biror-bir jismoniy shaxsdan jazoni qo‘llash tahdidi ostida talab etiladigan, bajarilishi uchun ixtiyoriy ravishda o‘z xizmatlarini taklif qilmagan ish yoki xizmatlardir.
Ammo, maktab direktori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MKninig 25-moddasida (https://lex.uz/docs/-6257288#-6257976) (sh beruvchining majburiyatlari) ko‘rsatib o‘tilgan talablarga to‘liq rioya qilinmaganligi va harakatlarida MJtKning 49-moddasida (https://lex.uz/docs/97664#5451089) ko‘rsatilgan huquqbuzarlik (Mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) alomatlari mavjudligi sababli, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.