Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

O‘zbekiston mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillarining xalqimizga MUROJAATI

error

2023-10-17

Qadrli mahalla faollari, ko‘chaboshi va uyboshilar!

Ayni vaqtda, ayrim mahallalarda, ko‘cha va guzarlarda bo‘sh turgan, daraxt ekilmagan joylar ham ko‘p. Endigi vazifamiz ushbu joylarni bog‘-rog‘larga aylantirishda mahalla ahlining hamjihatligini kuchaytirish, hudud obodligi va aholi farovonligiga xizmat qiladigan loyihalarni kengaytirishdan iboratdir. Buning uchun har bir mahallada “mahalla bog‘lari”ni yaratishimiz, yashil hududlarni ko‘paytirishimiz, shaxsiy namuna sifatida dastlab o‘z xonadonimiz va ko‘chamizni obod qilishimiz, “Yashil makon” umummilliy loyihasiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur. 

Ekilgan har bir niholni parvarishlash va saqlashda mahalla faollari, boshqaruv-servis kompaniyalari jonbozlik ko‘rsatishi lozim. Buning uchun “mahalla yettiligi”, ko‘chaboshi va uyboshilar hamda xonadon egalarini mas’ul sifatida biriktirish maqsadga muvofiqdir.