Yangiliklar
Yangiliklar
2022-10-28
Fuqaro Mastura Rahmonova joriy yilning iyul oyida Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasining Ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv markaziga “Ayollar sartaroshi” kasbi boʻyicha ishlab chiqarish taʼlimi ustasi lavozimiga ishga qabul qilindi.
Fuqaroga “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomiga asosan Yunusobod tumani ABKM tomonidan fuqaroning faoliyat jarayonida uchun kerakli asbob-uskuna, mehnat qurollari uchun SUBSIDIYA ajratildi.
Hozirda fuqaro oʻz kasbidan mamnun, daromadi ham yaxshi, turmush tarzi yaxshilangan. Bu kabi ishlar Boshqarma tomonidan davomli tarzda olib borilmoqda.