Unda poytaxtimizning barcha tumanlaridan koʻzga koʻringan tashkilot va muassasalari, xususiy korxonalar oʻzlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi. Poytaxtimizning tuman va shaharlaridan jami 300 nafardan ortiq katta va kichik korxonalar oʻzlarining 3 000 dan ortiq boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etishdi.
Yarmarkada “Ayollar daftari”dagi ishsiz xotin-qizlar, “Yoshlar daftari”dagi band boʻlmagan yoshlar, “Temir daftar”dagi kasb-hunarsiz, ish izlayotgan fuqarolar ishtirok etishib, oʻzlariga mos boʻlgan ish oʻrinlariga ega boʻlishdi.