Ushbu seminar Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi Murodjon Isabayev va Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari D.Nuriddinovlar ishtirokida tashkil etildi.
Bunda mehnat resurslari balansini shakllantirish tartibini takomillashtirish, ishsiz fuqarolarni, ayniqsa, xotin-qizlar va mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka keng jalb etish, shuningdek, norasmiy bandlikni kamaytirish boʻyicha taʼsirchan yangi mexanizmlari haqida tushunchalar hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.