Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bitiruvchilarga bandlikka koʻmaklashish boʻyicha yoʻllanmalar topshirildi

error

2022-07-06

Unga koʻra Transport sohasidagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga qarashli 10 ta korxona, “Uzbekistan airways” AJ qarashli 7 ta korxona, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ qarashli 30 ta korxona, “Toshkent metropoliteni” DUK rahbarlari va masʼul hodimlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi. Shuningdek, “Enter Engineering”, “Discover Invest”, “Yangi Zamon” korxonalari, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, Artel korxonalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi.

Joriy yilda universitetni bakalavr kunduzgi shakli boʻyicha 2320 nafar, magistratura bosqichi boʻyicha 346 nafar bitiruvchi bitirishi rejalashtirilgan boʻlib hozirgi kunda 1653 nafar birivruchilarga ishga joylashish boʻyicha yoʻllanma berildi.

Joriy yilning 6-iyulʼ kuni Toshkent davlat transport universitetida bitiruvchilarga sertifikatlar berish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Mirobod tumani Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi vakillari ham ishtirok etdi. Bitiruvchilar Bandlik markazining yoʻllanmasi va Universetet bergan tafsiyanoma asosida korxonalarning kvota ish oʻrinlariga joylashtiriladi

Hozirda mavjud vakant oʻrinlarga talabalar yoʻnaltirilib, tizimli ishlar olib borilmoqda.