Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#SAYYOR_QABUL

error

2026-02-20

🔹 “Ko‘kcha Oqtepa” mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

📍 Kuni kecha Uchtepa tumani “Ko‘kcha Oqtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabul tashkil etildi.

💬 Qabul davomida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi mas’ul xodimlari bilan birgalikda  hududda istiqomat qiluvchi 10 ga yaqin fuqarolarning ishga joylashish, kasb-hunarga o‘qish va tadbirkorlikni boshlamoqchi bo‘lganlarga ssuda bilan bog‘liq murojaatlari ko‘rib chiqildi.

✅ Natijada murojaatlarning bir qismi qanoatlantirildi. Qolgan qismi esa tegishli idora vakillariga biriktirilib, muammoni qisqa muddatda hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.