Yangiliklar
Yangiliklar
2026-02-20
✅ Iqlim va boshqa tabiiy sharoitlar tufayli muayyan davr (mavsum) davomida bajariladigan ishlar mavsumiy ishlardir.
🗓 Mavsumiy ishlarning davomiyligi, qoida tariqasida, olti oydan oshmasligi kerak.
Mavsumiy ishlar, jumladan olti oydan ortiq davom etadigan ayrim ishlar ro‘yxati va ularning eng ko‘p davomiyligi Vazirlar Mahkamasi tomonidan uch tomonlama komissiya bilan kelishilgan holda belgilanadi. (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6267746)
Shartnoma tuzish
📝 Ishning mavsumiy xususiyati to‘g‘risidagi shart mehnat shartnomasida ko‘rsatilishi kerak.
👉Mavsumiy xodimlarni ishga qabul qilish chog‘ida sinov muddati belgilanmaydi.
🏪 Mavsumiy xodimlar bilan mehnat shartnomasi mavsumning davomiyligidan oshmaydigan muddatga tuziladi. (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6267754)
Toshkent shahar Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing