Yangiliklar
Yangiliklar
2022-07-05
“Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ- 642-son 20.10.2020)ning Toshkent shahridagi ijrosi yuzasidan Toshkent shahrida band boʻlmagan aholini oʻrganish, egallagan kasblari boʻyicha boʻsh ish oʻrinlari va yangi yaratilgan ish oʻrinlariga joylashtirishga koʻmaklashish, qayta kasbga oʻqitish, kollej, texnikum hamda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchi talabalarni ishga joylashtirish ishlarini muhokama etib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq Toshkent shahrida 2022-yil iyul-avgust oylarida “Aholi bandligiga koʻmaklashish oyligi” oʻtkaziladi.
Ushbu oylikda, Toshket shahridagi tuman hokimlari, sektor rahbarlari, Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari - Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi, Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, hokim yordamchilari bilan hamkorlikda: tumanda ishga tushgan investitsiya loyihalari asosida yaratilgan yangi ish oʻrinlari va korxona, tashkilotlarni kengaytirish hisobiga yaratilgan boʻsh ish oʻrinlariga ishchi guruh tomonidan aniqlangan band boʻlmagan aholini joylashtirishga koʻmaklashish ishlari amalga oshirish ishlari rejalashtirilgan.
Bugungi kunda ushbu oylik doirasida hududlarda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.