Yangiliklar
Yangiliklar
2026-01-22
#VMQ_819
🔗Hukumatning 819-son qaroriga ko‘ra tashkilotning mehnatni muhofaza qilish xizmati to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashkilot rahbariga bo‘ysunishi shart ekani qat’iy belgilangan.
👆YA’NI:
✅Mehnatni muhofaza qilish xizmati “boshqa tuzilma” emas, Rahbarning shaxsiy mas’uliyati sifatida tashkil etiladi.
❌ Ayrim tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati qaysidir boshqarma yoki departament tarkibiga qo‘shib qo‘yilgan, bu yuqoridagi qaror talabiga zid hisoblanadi.
⚠️ ISH BERUVCHILARGA MUHIM ESLATMA:
🟡Mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbar nazoratida faoliyat yuritishi shart
🟡Har qanday xavf-xatar va kamchiliklar rahbar tomonidan tezkor hal etilishi kerak
🟡Xavfsizlikni ta’minlash – faoliyat samaradorligining bir qismi, “qo‘shimcha xarajat” emas
❗️AGAR RAHBAR BU TALABGA AMAL QILMASA:
❌Mehnatni muhofaza qilish tizimi ishlamaydi
🔴Javobgarlikning asosiy qismi tashkilot rahbariga to‘g‘ri keladi
🔴Xodimlar xavfsizligi buzilishi — jinoiy va ma’muriy oqibatlarga olib keladi
💬 Fikrlaringizni IZOHLAR (https://t.me/mehnat_xavfsizligi11)da qoldiring.