Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Mehnat_yarmarkasi

error

2025-12-04

"Yangi bunyodobod" mahallasida katta mehnat yarmarkasi: 420 dan ortiq bo'sh ish o'rni!

👍 "Yangi Bunyodobod" mahallasida aholini ish bilan ta'minlashga qaratilgan keng ko'lamli Mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi! 

​Yarmarkada ​10 dan ortiq nufuzli korxona va tashkilotlar ishtirok etdi. ​Fuqarolarga 420 dan ortiq bo'sh ish o'rinlari taklif qilindi.


👍​Kimlar taklif etildi?

👍 ​5 nafar "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar

👍 ​7 nafar "Ayollar daftari"ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar

👍 ​45 nafar hokim yordamchilari tomonidan aniqlangan ishsiz fuqarolar

👍 ​2 nafar probatsiya ro'yxatida turuvchi fuqarolar.


​👍 Yarmarka natijalari:

👍 ​12 nafar fuqaro o'zlariga ma'qul kelgan ish joylariga yo'llanmalar oldilar. 

👍 ​2 nafar fuqaro esa talab yuqori bo'lgan kasblarni egallash uchun kasb-hunarga o'qitish markazlariga yo'naltirildi.