Yangiliklar
Yangiliklar
2025-11-14
Mehnat kodeksi va “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga ko'ra, 15 yoshga to‘lmagan bolalarni doimiy yoki og‘ir ishlarga jalb etish taqiqlanadi!
✅Ishga qabul qilish yoshi — 16 yosh.
🧒15 besh yoshga toʻlmagan shaxslar bilan ota-ona (yoki vasiy) roziligiga ko'ra, sog‘lig‘iga va o‘qishiga zarar yetkazmaydigan ushbu ro'yxatdagi (https://api-portal.gov.uz/uploads/22e100c5-92a6-8336-2274-ece320abcd97_media_.pdf) yengil ishlarda ishlashi mumkin.
Masalan:
🎭 Sport, madaniyat va san’at: teatr, kino, konsert, moda yoki reklama loyihalarida;
💻 Axborot va ijodiy faoliyat: rasm chizish, dizayn, raqamli kontent yaratish, bolalar blogi, tanlov va ijodiy loyihalarda.
🕐 Ish vaqti cheklovlari:
✅15–16 yoshda — haftasiga 24 soatgacha;
✅Agar bola o‘qiyotgan bo‘lsa — haftasiga 12 soatgacha. (https://lex.uz/ru/docs/-6257288#-6266668)
👉 Ish faqat darsdan keyin yoki ta’til paytida amalga oshirilishi lozim.