Yangiliklar
Yangiliklar
2025-11-11
Joriy yilning 11-noyabr kuni Boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tuzilmasi bosh mutaxassisi A.Akramxodjaev Bektemir tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Unda, joriy yilning 10-noyabrdan – 10-dekabr sanalariga qadar Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkazilishi, Shuningdek, tizim xodimlarini hamda hokim yordamchilarini mehnat faoliyati davomida, me‘yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etish, korrupsiyaviy xavf-xatarlar va manfaatlar to‘qnashuviga, shu bilan birga, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik haqida (ogohlik hamda) profilaktik tushuntirish olib bordi.
Shuningdek, davra suhbati davomida, kun tartibidagi masala bo‘yicha savol – javoblar, bildirilgan fikr va mulohazalar almashildi.

