Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Qadrli yurtdoshlar!

error

2025-10-21

🇺🇿Sizlarni 21-oktabr – O'zbek tili bayrami bilan chin dildan tabriklayman!


🔷Yurtimizda davlat tilining nufuzi va mavqeyini oshirish, uni xalqaro miqyosda targ‘ib etish borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Albatta, bu borada har birimizning hissamiz muhim.


🔷Bugun Kambag‘allkni qisqartirish va bandlik sohasida ham qator yangi so‘z va atamalar isteʼmolga kirib kelmoqda. Biz ularning jamlangan izohli lug‘atini ishlab chiqish niyatidamiz. 


🔷Ona tilimizga sof munosabatda bo‘lish va uni asrab-avaylash har bir fuqaroning burchi hisoblanadi. Ayniqsa, davlat xizmatchisi uchun davlat tilini mukammal bilish va ish yuritish, uning imkoniyatlaridan keng foydalanish g‘oyat muhim. 


🔷Barchangizga bu yo‘lda mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyat tilayman. Doim tilingiz ravon, oilangiz farovon bo‘lsin!


Botir Zaxidov,

O‘zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri.