Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Uchtepa tumanida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi

error

2025-06-30

👉🏻 Hayotda to‘g‘ri kasb tanlash muvaffaqiyatli kelajakning garovidir. Chunki, insonning aksariyat vaqti ish jarayonlarida o‘tadi. Shu sababdan ham kishi o‘zi uchun sevimli hunarni o‘rganishi, o‘zi yoqqan kasb bilan shug‘ullanishi kerak.


⚡️ Bugun Uchtepa tumanidagi 295-sonli umumtaʼlim maktabida Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarning bandligiga ko‘maklashish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yo‘naltirish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlar mehnat yarmarkasi tashkil etildi.


⚡️ Bu kabi yarmarkalarning davomli tashkil etilishi, ishsiz bo‘lgan fuqarolarimiz uchun o‘zlariga munosib ish o‘rni topishda muhim ahamiyat kasb etadi.