Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-27
🔰Bugun Toshkent shahar hokimi maslahatchisi A.X.To‘xtayev, Yunusobod tumani hokimi B.A.Abduvaliyev hamda Respublika ishchi guruhi aʼzolari ishtirokida “Uvaysiy” MFYda sayyor qabul tashkil etildi.
✅Tadbirda mahalla aholisi bilan ochiq va samarali muloqot o‘rnatildi, fuqarolarning turli sohalardagi muammo va takliflari eʼtibor bilan tinglandi. Xususan, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, uy-joy va kommunal xizmatlar, ish bilan taʼminlash, ijtimoiy himoya, subsidiyalar, taʼlim va tibbiyot sohalariga oid dolzarb masalalar keng ko‘lamda muhokama qilindi.
✅Har bir murojaat mutasaddi idoralar tomonidan joyida o‘rganilib, ularning ijobiy yechim topishi uchun aniq vazifalar belgilandi. Qabul mobaynida murojaatlarni kompleks tarzda o‘rganib chiqish va amaliy natijalarga erishish bo‘yicha topshiriqlar berilgani taʼkidlandi va ushbu vazifalar qatʼiy nazoratga olindi.