Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Bektemir tumanida “Mikroloyihalar yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi

error

2025-05-22

📝 Bektemir tumanida tuman hokimligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida “Mikroloyihalar yarmarkasi” tashkil etildi.


➖ Mazkur tadbir doirasida tumandagi tijorat banklari tomonidan ishsiz aholi hamda tadbirkorlar uchun taklif qilinayotgan imtiyozli kredit liniyalari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.


🖥 Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va loyihalarni amalga oshirishda zarur bo‘lgan moliyaviy imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.


✉️ Yarmarka aholining bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida muhim amaliy ahamiyat kasb etdi.