Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish

error

2025-03-03

2025 yil 25 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi va Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi Qonunlaridan kelib chiqqan holda hamda Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining 2025 yil 24 fevraldagi tasdiqlangan ish rejasiga asosan Yangihayot tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Unda boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bosh mataxassisi A.Akramxodjaev tomonidan ijro intizomi, qonun va qonun osti hujjatlar ijrosini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi keskin kurashishda oshkoralik va shaffoflik tamoili asosida ish tashkil etilishi to'g'risda so‘z olib bordi.

Shuningdek, har bir xodim bilan Korrupsiyaga qarshi kurashishda Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilmaslik borasida profilaktik suhbat va tushuntirish ishlari olib borilib, anonim so‘rovlar o‘tkazildi.