Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Kambag‘allikdan farovonlik sari

error

2025-02-18

Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Y.Babajanov raisligida boshqarma xodimlari hamda tuman bo‘limlari rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda asosiy e’tibor“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, band bo‘lmagan fuqarolarni  ishga joylashtirish, tadbirkor bo‘lish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizga hartomonlama ko‘mak ko‘rsatish, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish kabi dolzarb masalalarga qaratildi. Bu borada yechimini kutayotgan muammolar, yil yakuniga qadar ishlab chiqilgan rejalar ham keng muhokama qilinib, mazkur rejalardan kelib chiqib, tegishli qarorlar qabul qilindi.