Yangiliklar
Yangiliklar
2025-02-12
2025 yilning 10-12 fevral kunlari O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi vakillari, Respublika Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlar ishtirokida 32 soatlik malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi. Unda asosan aholi bandligini ta’minlash, ularga yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirish borasida vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklar oldida turgan birinchi navbatdagi ustuvor vazifalar kabi masalalarda ma’ruzalar tinglandi.
Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Munisa Ergasheva ham ushbu o‘quv kursida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Mahallalar uyushmasining sertifikatiga ega bo‘ldi.
Toshkent shahar Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing