Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

#Kambag’allikdan_farovonlik_sari

error

2025-01-04

Bugun Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i A.Sattarova raisligida Toshkent shahri miqyosida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig‘ilishda asosan 2025-yilgi ustuvor vazifalar

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, jumladan kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, bu borada Xitoy tajribasidan foydalanish,  hududlarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish kabi muhim masalalar muhokama etildi.

  Yig‘ilish davomida yakuniga yetgan 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim hokim yordamchilari faoliyati tanqid ostiga olindi va barcha hokim yordamchilariga zarur topshiriq hamda vazifalar belgilab berildi.